BERUNIY TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYaTGA EGA BO'LGAN OB’EKTLARGA TAMAL TOShI QO'YILDI
3352
Beruniy tumani ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qulay hududda joylashgan. Tumandagi Abay ovul fuqarolar yig'ini hududida “LIDER GIPS”MChJ tomonidan gipsokarton ishlab chiqarish zavodi qurilishi uchun tamal toshi o'rnatildi. Mazkur tadbirga Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi Murat Kamalov tashrif buyurdi. Iqtisodiy ob’ektning loyiha qiymati 22 milliard 704 million so'mni tashkil etib, 45 ta ishchi o'rni yaratiladi.
Tuman faollari va nuroniylar ishtirokida shu hududda yana bir iqtisodiy katta ahamiyatga ega zavod qurilishi ham boshlandi. “BERUNIY BUG’DOY CLUSTER” MChJ tomonidan un zavodini tashkil qilish loyihasining qurilish ishlari boshlandi. Qiymati 33.5 milliard so'mni tashkil qilgan yirik loyiha ishga tushirilsa, 200 ta aholi ish bilan ta'minlanadi. Ushbu loyiha yil oxirigacha ishga tushishi belgilangan.




Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati