JO'QORG'I KENGES RAISI RESPUBLIKAMIZ XOTIN-QIZLARINI BAYRAM BILAN TABRIKLADI
3604
6 mart kuni Nukus shahrida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda respublikamizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan nuroniy onaxonlar, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar vakillari qatnashdi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Kamalov ishtirok etib, respublikamiz xotin-qizlarini bayram bilan tabrikladi.
Ta'kidlanganidek, Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarga g'amxo'rlik ko'rsatish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda genter tenglikni ta'minlash, xotin-qizlarni jamiyatimizning barcha sohalarida o'z qobiliyatini, salohiyatini ko'rsatishiga keng yo'l ochish, ularni kasb-hunarga, tadbirkorlikka o'rgatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga yordam ko'rsatish maqsadida “Ayollar daftari”ni joriy qilish, oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan qizlarning shartnoma to'lovlarini to'lab berish, fidoiy, iste’dodli xotin-qizlarning mehnatini munosib baholash singari bir qator ishlar amalga oshirilayotgani onalarimizga, opa-singillarimizga, dilbar qizlarimizga bo'lgan alohida e’tibor va g'amxo'rlikning yaqqol ifodasidir.
Buning natijasida xotin-qizlarimiz ilm-fan, ta'lim, tibbiyot, madaniyat, sport, sanoat, qishloq xo'jaligi singari jamiyatimizning eng muhim sohalarida samarali faoliyat yuritmoqda. Ular orasidan ko'plab deputatlar, fan doktorlari, yozuvchi-shoiralar, tadbirkorlar yurtimizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol qatnashib, uning taraqqiy etishiga munosib hissa qo'shib kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to'g'risida»gi farmoniga muvofiq yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi O'zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo'lida tashabbus va ibrat ko'rsatib kelayotgani uchun 8 nafar xotin-qiz faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi, shuningdek, shu yil 3 martdagi qarori bilan 2 qizimiz o'zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o'rnak bo'lib kelayotgani, ijtimoiy hayotda faollik ko'rsatayotgani uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Tantanali tadbirda bir guruh fidoyi xotin-qizlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining maxsus qarori bilan “Ardaqlы nuranыy”, “O'atan pidayыsы” va “Үmit ushqыnы” ko'krak nishonlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining «Faxriy yorliq»lari bilan taqdirlandi. Shuningdek, davlat va jamiyat hayotidagi faolili, o'zlarining yuksak samalari mehnati bilan ajralib kelayotgan bir guruh xotin-qizlarimizga «Mo'’tabar ayol» ko'krak nishonlari topshirildi.
Mukofotlanganlar nomidan so'zga chiqqanlar xotin-qizlarga qaratilayotgan katta mehr va alohida e’tibor uchun Hurmatli Prezidentimizga, respublikamiz rahbarlariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbir san’at ustalarining kontsert dasturi bilan davom etdi.
Bunday tadbirlar respublikamizning barcha shahar va tumanlarida bo'lib o'tmoqda.

















Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matubot xizmati