Dovud Abibullaev, Maqsad Habibullaev (surat), O'zA
JO'QORG'I KENGESNING O'N ETTINChI SESSIYaSI BO'LIB O'TDI
3039
Nukusda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining o'n ettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati a'zolari, tegishli soha rahbarlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining o'rinbosari A.Davletov boshqarib bordi.
Kun tartibidagi dastlabki masala, ya’ni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatlari tomonidan davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining lavozimli shaxslariga yuborilgan deputatlik so'rovlarning ijrosi yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga parlament so'rovi yuborish to'g'risidagi masala ko'rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari o'z ma'ruzalarining birida: “Har bir deputat o'z hududidagi yashayotgan aholining muammolarini echishda jonbozlik ko'rsatishi, xalqning dardini tinglashi zarur. Shunda deputatlar o'z saylovchilariga bergan va'dalarining ustidan chiqadi, xalqning ishonchini qozonadi”, deb ta'kidlab o'tgan edi.
Hozirgi vaqtda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatlari ham o'z saylovchilari bilan uchrashib, ularning muammolarini o'rganib, xalqning ishonchini qozanishga, o'z vakolati doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda faol ishtirok etishga harakat qilmoqda. O'tgan 2020 yil davomida deputatlar bir qator qonun loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etdi.