Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida qatnashishi kutilayotgan sportchilar qo'llab-quvvatlanmoqda
2286
2021 yil 28 aprel kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining “2021 yili Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlarida litsenziyani qo'lga kiritgan va qo'lga kiritishi kutilayotgan sportchilarni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi maxsus qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yili Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlarida litsenziyani qo'lga kiritgan va qo'lga kiritishi kutilayotgan sportchilarni sarflagan kuch-quvvatini qayta tiklashga talab qilinadigan bio-vitaminlar bilan uzluksiz ta'minlash uchun zarur bo'lgan jami 260 million so'm mablag' Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan Nukus oliy sport mahorati maktabi hamda Respublika sportning yakkakurash turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabiga ajratildi.
Ma'lumot uchun, bugungi kunga qadar Tokio Olimpiadasiga qilichbozlik sport turi bo'yicha Sherzad Mamutov va Zaynab Dayibekova, yunon-rum kurashida Jalg'as Berdimuratov, dzyudo bo'yicha Sharapatdin Baltabaev, suzish bo'yicha Adilbek Yusupbaev yo'llanma oldi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining matbuot xizmati