Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Murat Kamalov Xotira va qadrlash kuni arafasida Qorao'zak tumanida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Genjemurat ota Allaniyazovning oilasida bo'lib, bayram sovg'alarini topshirdi.Jo'qorg'i Kenges Raisi urush faxriysini 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 76 yilligi bilan samimiy tabrikladi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigini o'qib eshittirdi.
Prezidentimizning shu yil 20-apreldagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida»gi farmoni asosida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Genjemurat Allaniyazovga 12 million so'm miqdoridagi bir martalik pul mukofoti berildi. Shuningdek, urush qatnashchisiga davlatimiz tomonidan ajratilgan esdalik sovg'alari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Shimoli-g'arbiy harbiy okrugi, Qoraqalpog'iston Respublikasi mudofaa ishlari boshqarmasi, Qorao'zak tumani hokimligi va bir qator tashkilotlar nomidan qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Genjemurat ota Allaniyazov Prezidentimizga, respublika rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati