JO'QORG'I KENGES RAISI BEMOR BOLALARNING HOLIDAN XABAR OLDI
3623
Qoraqalpog'iston Respubilkasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi Murat Kamalov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog'iston filialida bo'ldi.
Filialda tashkil etilgan studiya orqali O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida onklogiya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida qatnashdi.
Yig'ilishda Jo'qorg'i Kenges Raisi M.Kamalov so'zga chiqib, Qoraqalpog'istonda onkologik va gematologik kasalliklarni aniqlash va davolash, ularning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada uchrayotgan kamchilik va muammolarga batafsil to'xtalib o'tdi va ularni bartaraf etish bo'yicha fikr va takliflarini bildirdi.
Yig'ilishda Prezidentimiz tomonidan bu borada bir qator muhim vazifalar belgilab berildi.
Shundan so'ng, Jo'qorg'i Kenges Raisi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog'iston filialida bemorlarning davolanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bemor bolalarning holidan xabar olib, ularga sovg'alar tposhirdi. Bolalarning ota-onalari va filial mutaxassislari bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini, muammolarini tingladi. Mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berdi. Filial mutaxassislari va ota-onalar e’tibor va g'amxo'rligi uchun Prezidentimizga, respublikamiz rahbarlariga minnatorchilik bildirdi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati