Tanlov g'olibiga sertifikat topshirildi
2011
18 avgust kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesida Jo'qorg'i Kenges huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtma bo'yicha e’lon qilingan 4-tanlovi g'olibiga sertifikat topshirildi.
Shu yilning 27 iyul kuni o'tkazilgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo'yicha jamoat komissiyasi majlisida mazkur tanlovga kelib tushgan loyihalarning mazmuni, asosiy maqsadlari, amalga oshirish mexanizmlari va kutilayotgan natijalari komissiya a'zolari tomonidan keng muhokama qilinib, “Aral altыn miyrasы” jamoat birlashmasining “Qoraqalpog'iston Respublikasining ovul hududlarida ijtimoiy muammolarni echish hamda kam ta'minlangan aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish va ularning bandligini ta'minlashdagi ijtimoiy hamkorlikning innovatsion mexanizmlari” nomli loyihasi komissiya a'zolari tomonidan berilgan ovozlar asosida g'olib dep topilgan edi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish va jamoat birlashmalari masalalari qo'mitasi raisi, Jo'qorg'i Kenges huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo'yicha jamoat komissiyasi raisi D.Qurbaniyazov tanlov g'olibini tabriklab, mazkur loyiha kelgusida yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati