Tezyurar poyezdning texnik sinovi o‘tkazilib, dastlabki reys Miskin stansiyasiga yetib keldi

Bugungi kunda xalqimizga sifatli transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash borasida qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu qatorda Toshkent-Nukus yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdining temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish ishlari olib borilayotgan edi.
Ana shunday tadbirlar natijasida Miskin stansiyasiga ilk tezyurar poyezd yetib keldi.
Bugungi kunda 196 kilometrlik "Miskin - Nukus" tezyurar poyezdi temir yo‘l liniyasini to‘liq elektrlashtirish davom ettirilmoqda.
Shu qatorda 196 kilometrlik "Miskin - Nukus" tezyurar poyezdi temir yo‘l liniyasini to‘liq elektrlashtirish davom ettirilmoqda.
Ushbu temir yo‘l liniyasining elektrlashtirilishi natijasida:
- birinchidan; yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr-poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyat yaratiladi;
- ikkinchidan; ichki turizm uchun qulayliklar yaratilib, Qoraqalpog‘iston - Xorazm o‘rtasidagi madaniy aloqalar yangi bosqichga ko‘tariladi;
- Bundan tashqari, Toshkent-Nukus o‘rtasidagi qatnov vaqti hozirgi 16 soatdan 7 soatga qisqartilishiga erishiladi.