DIQQAT, TANLOV!

«OVQATLANIŞNING OLTIN QOIDALARI» MAVZUSIDA VIDEOROLIKLAR TANLOVI!
Aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, töğri ovqatlaniş madaniyatini oşiriş hamda turli kasalliklarning oldini oliş maqsadida «Ovqatlanişning oltin qoidalari» mavzusida videoroliklar tanlovi ötkaziladi!
Tanlovda:
Qoraqalpoğiston Respublikasidagi oilaviy şifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan birlamçi tibbiy-sanitariya yordami tibbiyot brigadalari iştirok etişlari mumkin.
Röyxatdan ötiş muddati: 2–15- noyabr
Tanlovda iştirok etiş uçun özingiz va muassasangiz haqidagi ma’lumotlarni maxsus komissiyaning https://t.me/qrdsmbot Telegram boti orqali yuboring:
Videorolikka qöyiladigan talablar:
Mavzu: töğri va soğlom ovqatlaniş qoidalari;
Davomiyligi: 30 soniyadan 3 daqiqagaça;
Format: MP4;
Videorolik original, tuşunarli, ijodiy va aholi uçun foydali bölişi kerak;
Tasvirga oliş işlari tibbiyot brigadasiga biriktirilgan mahalla hududida, real hayotiy misollar asosida amalga oşirilişi lozim.
🏆 Tanlovda ğoliblar uçun ajratilgan sovğalar:
🥇 1-örin — 25 000 000 söm ( 1 ta örin )
🥈 2-örin — 10 000 000 söm ( 2 ta örin )
🥉 3-örin — 5 000 000 söm ( 3 ta örin)
Soğlom ovqatlaniş — salomatlik garovi!
Hurmatli tibbiyot xodimlari! Öz ijodiy ğoyalaringiz bilan tanlovda faol iştirok eting va aholi salomatligini mustahkamlaşga öz hissangizni qöşing!