Qoraqalpog‘iston para velosporti tarixida yangi sahifa ochildi
164

Joriy yilning 25-31 mart kunlari Filippin mamlakatida sportning para velotrek turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Nurdavlat Mirzaboyev team sprint yo‘nalishi bo‘yicha raqiblaridan ustun kelib, 1-o‘rin va oltin medal sohibiga aylandi.
Ta’kidlash joizki, sportchimiz bu yutug‘i bilan Qoraqalpog‘iston para velosporti tarixida yangi sahifa ochdi.
