"Аqchako‘l ilhomlari" respublika tanlovining ochilish marosimi o‘tkazildi

Bugun Ellikqal’a tumanida "Aqchako‘l ilhomlari" respublika tanlovining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni tanlov ochilishi munosabati bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlar xalqimizning farovon turmushini ta’minlashda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu qatorda, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Bugungi boshlanayotgan tanlov ham o‘z navbatida, yoshlarga oid islohotlar samaradorligini oshirish, ularning qiziqishi va qobiliyatini yuzaga chiqarishda muhim sanaladi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda va o‘zaro tajriba almashish uchun qulay ijodiy maydon yaratishda, yangi talantlarni keng jamoatchilikka tanishtirishda alohida o‘rin tutadi.
O‘tkazilgan tadbir davomida tanlovni tashkil etishda faollik ko‘rsatayotgan bir guruh fidoyi insonlarga Jo‘qorg‘i Kengesning "Tashakkurnoma"si topshirildi.
Tadbir san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)