Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoasi WORKOUT bo‘yicha «Universiada-2025» sport musobaqalarining g'olibi bo‘ldi
760
Joriy yilning 22-23 aprel kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida sportning WORKOUT turi bo‘yicha «Universiada-2025» sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoasi tarkibida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining sportchi talaba yoshlari ishtirok etib, Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta'lim muassasalari talabalaridan tuzilgan terma jamoalar bilan kuch sinashdi.
Talaba yigitlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi va «Universiada-2025» sport musobaqalarining g'olibi bo‘ldi. Talaba qizlarimizdan tuzilgan terma jamoamiz a'zolari sport musobaqalarida faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

