Volontyor yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev yoshlar kuni doirasida faol volontyor yoshlar bilan uchrashdi.
Unda dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, shu qatorda hurmatli Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlari asosida yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda qator yengilliklar, qo‘shimcha imkoniyatlar aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, yoshlar ham o‘zlarining yangi tashabbuslari, takliflarini bildirdi. O‘z navbatida, har bir ko‘tarilgan masala Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan belgilab olinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
.jpg)


.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
