Nukus shahrida "Tez tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb muammolari - 2026" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

Nukus shahridagi "Oq qush" majmuasida joylashgan Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Qora uyda "Tez tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb muammolari - 2026" mavzusida xalqaro malakali mutaxassislar ishtirokida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, konferensiyada Tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sohasidagi 300 dan ortiq mutaxassislar, ekspertlar va olimlar ishtirok etdi.
AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Koreya, Turkiya, Yaponiya, Singapur, Indoneziya, Belarus Respublikasi, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlar vakillari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlari maʼruzalar qilib, oʻz tajribalari, yutuqlari va innovatsion yechimlari bilan oʻrtoqlashdi.


.jpg)

.jpg)
