Jo‘qorg‘i Kenges Raisi sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi

Tadbirkorlikka ko‘maklashish bugungi kunda iqtisodiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shish bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratishda ham muhim hisoblanadi. Ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda esa, bevosita yaqindan muloqot orqali muammolariga yechim topish bugungi kun talabi ekanini alohida ta’kidlashimiz kerak.
Ushbu yo‘nalishdagi amaliy ishlarning davomi sifatida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Orinbaev rahbarligidagi sanoat sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda hurmatli Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishidagi Qoraqalpog‘iston uchun alohida berilgan imtiyozlar haqida keng turda ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga, berilgan shuncha imkoniyatlardan samarali foydalanib, yurtimizning sanoat salohiyatini oshirish, sohada yangi korxonalarni ishga tushirish, import orqali olib kelinayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mahalliy korxonalarning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yib, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mutasaddi idora rahbarlari tomonidan soliq, bojxona va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar paketlari taqdimot qilindi.





