Hurmatli Vatandoshlar, qadrli Madaniyat va san’at sohasi fidoyilari!

Sizlarni bugungi Madaniyat va san’at sohasi xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.
Har qanday xalqning madaniyati va san’atiga bo‘lgan hurmat - bu o‘sha xalqning o‘tmish tarixi, milliyligi, urf-odat va an’analariga bo‘lgan hurmat hisoblanadi.
Shuning uchun ham bugungi bayram ildizi chuqur tarixga ega ko‘p millatli xalqimizning, butun yurtimizning bayrami, desak adashmagan bo‘lamiz.
Madaniyat va san’at sohasi xodimlari eng avvalo, betakror san’ati bilan xalqimizning ma’naviy dunyosini boyitib kelayotgan mashaqqatli va sharafli kasb egalari hisoblanadi.
Hurmatli soha xodimlari!
Sizlarni bugungi bayram bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, mashaqqatli va sharafli ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Amanbay Orınbaev,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi