Madaniyat vazirligining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Bugun Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi yangi binosining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yangi bino foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori madaniyat va san’at sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan qisqa vaqt ichida sohaga oid qator farmon va qarorlar qabul qilinib, sohani yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Ana shunday ezgu chora-tadbirlar qatorida barcha qulayliklarga ega yangi binoning foydalanishga topshirilishi bugungi Madaniyat va san’at sohasi xodimlari kuni bayramida soha xodimlariga katta sovg‘a bo‘ldi.
Albatta, bu bino xalqimiz farovonligi yo‘lida, madaniyat va san’at sohasi xodimlariga uzoq yillar davomida xizmat qiladi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
