Fuqarolarning murojaatlari e’tibordan chetda qolmasligi kerak

Yaqinda Nukus shahrida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va aholi muammolariga yechim topish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari P.Bobojonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev, Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, xalqimizning bugungi hayotidan roziligi va farovon turmushini ta’minlash, ularning muammo va murojaatlariga yechim topish o‘ta muhim masalalardan biri hisoblanadi.
O‘tkazilgan majlisda ana shu yo‘nalishdagi masalalar keng turda muhokama qilindi. Aholini qiynab kelayotgan masalalarga yechim topishning aniq mexanizmlari ko‘rsatib berildi. Shuningdek, hurmatli Prezidentimiz raisligida joriy yilning 13-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar va murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish mexanizmlari tushuntirib o‘tildi.
Bundan tashqari, yaqinda qabul qilingan " Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 51-sonli farmonning mazmun-mohiyati, uni hayotga tatbiq etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha har bir rahbar fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har qanday murojaatni e’tiborga olib, mas’uliyat bilan qarashi, bildirilgan masala, albatta, yechimini topishi kerakligi alohida ta’kidlandi.




