Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Nukus tumanida yoshlar bilan uchrashdi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugungi kunda muntazam amalga oshirilayotgan "Har payshanba - Yoshlar kuni" tashabbusi yurtimizda yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi, samarali va manzilli tizimini shakllantirmoqda. Bu tashabbus yoshlarning nafaqat muammolarini tinglash, balki ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Mana shunday ezgu tadbirlar doirasida bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev Nukus tumanidagi qator ishsiz va otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ta’kidlanganidek, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘tkazilgan uchrashuvda bu borada yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida keng ta’kidlandi. Shu bilan birga, ana shu imkoniyatlardan natijali foydalanib, turli yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida yoshlar faollik ko‘rsatib, o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, amalda uchrayotgan muammolar hamda ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslarni bevosita bildirdi. Xususan, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, kasb-hunar o‘rganish va ta’lim sohasiga oid masalalar ko‘tarildi.
Eng muhimi, har bir ko‘tarilgan masala Jo‘qorg‘i Kenges raisining shaxsiy nazoratiga olinib, soha mutasaddilariga ularni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
