Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu asosda Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni "Yoshlar kuni" sifatida belgilangan edi.
Ana shu tashabbus doirasida bugun Nukus shahrida Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B.Valiyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari A.Usmonov, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari R.Ashropov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari A.Muratov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari F.Boqiyev, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari U.Abdullayevalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida so‘z yuritildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-takliflari, muammolari tinglandi va har bir ko‘tarilgan masala nazoratga olinib, yoshlarning barcha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.





