Hududlar rivoji va aholi bandligi - asosiy e’tiborda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov To‘rtko‘l tumanida bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida “Shodlik” MFYda aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish majmuasi va undagi “Mushtariy DSJN” o‘quv markazi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, Prezidentimizning 62-sonli qarori asosida 100 mln. so‘m imtiyozli kredit olib, o‘z ishini boshlagan yosh tadbirkor Muhayyo Komilovaning tikuvchilik ishlari o‘rganildi va mahalladagi ishsiz ayollarni kasanachilik asosida band qilish bo‘yicha hokim yordamchisiga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari “Guliston” MFY hududidagi “Baraka Tekstil Group” MCHJ faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Ushbu korxonada 180 nafar ishchi xodimlar doimiy ish bilan band bo‘lib, o‘tgan 2025-yilda 21 mlrd. so‘mdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilgan va chet elga 1,7 mln. dollarlik mahsulot yo‘naltirilgan.
Bundan keyin hududdagi Sport maktabi faoliyati o‘rganilib, yoshlarning shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. “Beruniy” MFY faollari bilan o‘tkazilgan samimiy suhbatda esa aholining farovonligini ta’minlash masalalari so‘z etildi.
Bu kabi o‘rganishlar hududlardagi “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi albatta.
.jpg)
.jpg)

.jpg)

