Qoraqalpog‘istonlik olim xalqaro mukofotga munosib deb topildi

Xitoy Fanlar akademiyasining Sinszyan ekologiya va geografiya instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi raisi B.Habibullayev ekologiya va geografiya fanlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Xitoy davlatining «Tyanshan» mukofotiga munosib deb topildi.
Ta’kidlash joizki, «Tyanshan» xalqaro mukofoti Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining eng nufuzli mukofotlaridan biri hisoblanadi.
U mintaqa rivojiga, shuningdek, xalqaro ilmiy-texnik, ekologik va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni rag‘batlantirishga mo‘ljallangan.
Mukofot xorijiy olimlar, muhandislar va ekspertlarning Sinczyan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini e’tirof etish, xalqaro ilmiy-texnik almashinuvni rag‘batlantirish, ilg‘or texnologiyalar, innovatsiyalar va boshqaruv amaliyotlarini jalb qilish, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, energetika va raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish, Xitoy va xorijiy davlatlar o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy rivojlanish dasturlarining ommalashuv darajasini oshirish maqsadida ta’sis etilgan