Futbol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston chempionati 2-liga o‘yinlari davom etmoqda

Yaqinda futbol bo‘yicha "Jo‘qorg‘i Kenges Raisi kubogi, Qoraqalpog‘iston XXXIII chempionati 2-liga" o‘yinlariga start berilgan edi.
Chempionat dastlab 4 hududga bo‘lingan holda ya’ni, markaziy, shimoliy, g‘arbiy va janubiy hududlarda o‘tkazilmoqda. Unda respublikamiz bo‘yicha 22 ta jamoa ishtirok etmoqda.
1-tur o‘yinlari doirasida «Altinko‘l» va «Xoja yeli» jamoalari maydonga tushib, o‘yin yakunida 1:7 hisobida «Xoja yeli» jamoasi g‘alaba qozondi.
Shuningdek, «Shaxtemir» va «Aqmang‘it» jamoalari o‘rtasida o‘tgan o‘yinda raqiblarning imkoniyatlari teng bo‘ldi, hisob 1:1.
«Dosliq» va «QQRFM» o‘rtasida o‘tgan o‘yin yakunida esa, «Dosliq» jamoasi 2:0 hisobida dastlabki ochkolarni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Liga o‘yinlari, shahar va tumanlarda qizg‘in davom ettirilmoqda.
.jpg)

.jpg)
