Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Kegeyli tumanidagi tadbirkorlar bilan muloqot qildi
92
.jpg)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbayev Kegeyli tumanidagi yangi loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlari asosida yaratilgan sharoitlar haqida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tuman hududida o‘z biznesini tashkil etib, yangi loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Har bir ko‘tarilgan masala belgilab olindi. Tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yaqindan ko‘maklashish, yangi loyihalarni ishga tushirish orqali aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
.jpg)
