Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Kegeyli tumanida yoshlar bilan uchrashdi
.jpg)
Bugungi kunda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Shunday ezgu chora-tadbirlar qatorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Kegeyli tumanidagi bir qator ishsiz va otaliqqa olingan, shuningdek, og‘ir toifadagi va faol yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Dastlab, yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Bundan tashqari, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan sharoitlar, berilgan imkoniyatlar bo‘yicha taqdimot yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.
Uchrashuvda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga qaratilayotgan yuqori e’tibor, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida so‘z yuritdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

