"Besqala mining Valley" maxsus mayning zonasi direksiyasi tashkil etiladi

❗️Hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan 143-son qaroriga asos mintaqamizda «Besqala Mining Valley» maxsus mayning zonasi tashkil etiladi.
Vazirlar Kengashi muassisligida MCHJ shaklida «Besqala mining Valley» maxsus mayning zonasi direksiyasi» tashkil etiladi va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish bo‘yicha ishchi organ etib belgilanadi.
Bundan tashqari, qo‘yidagicha tartib o‘rnatiladi:
➡️ talabgorlar (yuridik shaxslar) maxsus zona rezidentligini va mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish to‘g‘risida ariza bilan Direksiyaga murojaat qiladi;
➡️ talabgorning arizalari Direksiya tomonidan ko‘rib chiqiladi, ijobiy xulosa berilganda talabgorga Direksiya tomonidan maxsus zona rezidenti maqomi beriladi;
➡️ rezidentga mayning faoliyatini amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmasdan ruxsatnoma beriladi;
Direksiya rezidentlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi, ularning hisobini yuritadi va arizalar sifatli ko‘rib chiqilishiga javobgar bo‘ladi.