«Besqala mining Valley» maxsus mayning zonasini tashkil etish bo‘yicha qo‘yidagilar belgilanmoqda:

❗️ 2035-yil 1-yanvarga qadar rezidentlarning mayning faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalaridan olingan daromadlari soliqlar va yig‘imlardan ozod qilinadi;
➡️ maxsus zonada mayning faoliyatini amalga oshirganlik uchun rezidentlar har oyda ushbu faoliyatdan olgan daromadining 1 foizi miqdorida Direksiyaga to‘lov to‘laydi, bunda Direksiyaning saof foydasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga o‘tkaziladi;
➡️ yagona elektr energetika tizimiga ulanish orqali elektr energiyasidan foydalanilgan taqdirda:
➡️ iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlar II tarif guruhiga nisbatan ikki baravar o‘suvchi koeffisiyentga muvofiq to‘lanadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktyabrdagi «Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-189-son Farmoniga 1-ilovada nazarda tutilgan hollar mustasno;
➡️ iste’mol qilingan elektr energiyasining hisobi alohida hisobga olish uskunasini o‘rnatgan holda yuritiladi.
Maxsus zonaning faoliyat yuritish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.