«Besqala mining Valley» maxsus mayning zonasi rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asosiy talab va shartlar tasdiqlandi

📌Unga ko‘ra:
🔹Rezidentning ustav kapitalida egasi va (yoki) yakuniy benefitsiar mulkdori sifatida qo‘yidagi shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
( a) mazkur talab va shartlarning 6-bandida ko‘rsatilgan shaxslar;
( b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan k ompaniyalar hamda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslarning bo‘lishiga (ishtirok etishiga).
🔹Yashirin mayning, anonim kripto-aktivlar mayningini hamda muqaddam muomalada bo‘lgan kripto-aktivlarni muomalaga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
🔹Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish kerak.
🔹Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi vakolatli organning talabiga muvofiq faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bepul taqdim qilish lozim.
🔹Maxsus zonada faoliyat yuritish uchun qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ajratmalarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash shart.