Chimboy tumani hokimi tayinlandi

Joriy yilning 21-aprel kuni xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashining navbatdan tashqari 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbayev ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Sessiyada Chimboy tumani hokimi lavozimiga Yeshanov Nasır Muratbayevichni tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etilgan nomzodni tuman Kengashining bir qator deputatlari qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdi.
Sessiyada Yeshanov Nasır Muratbayevich Chimboy tumani hokimi etib tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, N.Yeshanov mehnat faoliyati davomida "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri, Kegeyli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.
U bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.

.jpg)
