Nukusda ilk bor dual ta’lim forumi o‘tkazildi

Bugun Pearson o‘quv dasturi asosida faoliyat olib borayotgan Nukus shahridagi 1-sonli texnikumda «Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari» mavzusida forum o‘tkazildi.
Forumning asosiy maqsadi:
- o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish;
- dual ta’lim tizimini keng joriy etish;
- texnikumlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash.
Unda Buyuk Britaniyaning Pearson kompaniyasi vakillari CHris Faulkner va Jane Bake, Jo‘qorg‘i Kengesning qo‘mita raisi M.Atamuratov va Kasbiy ta’lim agentligi direktori A.Ayapovlar ishtirok etdi.
Forumda respublikamizdagi barcha texnikumlar faol ishtirok etib, dual ta’lim tizimining amaliy natijalari keng namoyish etildi. Ko‘rgazma davomida o‘quvchilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlagan ko‘rgazmalari, turli texnik qurilmalar va qo‘l mehnati asosida yaratilgan amaliy ish namunalari bilan ishtirok etib, o‘z mahorati va ijodiy yondashuvlarini namoyish etdi.
Ta’kidlash joizki, dual ta’lim tizimi bugungi kunda zamonaviy ta’limning eng samarali yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Mazkur tizim nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)

