Xo‘jayli tumaniga «Yoshlar tumani» maqomi berildi

Hurmatli Prezidentimizning «Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030» strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 66-son farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan «Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030» strategiyasi tasdiqlandi hamda strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
Farmon bilan yoshlarga oid davlat siyosati yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni manzilli yo‘lga qo‘yish va tahlil qilib borish maqsadida «Yoshlar tumani (shahri)» maqomi beriladigan shahar va tumanlar ro‘yxati tasdiqlandi va Xo‘jayli tumaniga ham ushbu maqom berildi.
Endi ushbu tuman yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda madaniy, jismoniy va ma’rifiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim, sport va madaniy infratuzilmaga ega namunaviy hududga aylantiriladi.