Uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari ajratiladi

Joriy yilning 20-aprel kuni qabul qilingan 66-sonli Prezident farmoni bilan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.
Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun quyidagi tartibda ipoteka kreditlarini ajratish yo‘lga qo‘yiladi:
Ipoteka dasturi doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi;
Quyidagi asosiy ijtimoiy mezonlarga muvofiq keladigan yosh oilalarga ipoteka krediti ajratiladi:
-ariza beruvchi hamda uning turmush o‘rtog‘i 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
-ariza beruvchi hamda uning turmush o‘rtog‘i nomida so‘nggi 3-yilda mulk huquqi asosida ko‘chmas mulk mavjud emasligi.