Migratsiyadagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni yoshlar kuni deb belgilangan edi. Shu asosda yoshlar bilan yaqindan muloqot yo‘lga qo‘yilib, ularning muammolarini hal etish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Ushbu yo‘nalishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov chet ellarda migratsiyada bo‘lib, ta’lim olayotgan va ishlayotgan yoshlar bilan videoaloqa orqali uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlar O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, o‘qish va ish joylaridan onlayn tarzda ishtirok etdi.
Unda dastlab Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimizning alohida e’tibori bilan Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, xalqimiz farovonligi yo‘lida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar va amaliy chora-tadbirlar haqida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, yoshlar va ularning yaqinlari hayotida duch kelayotgan muammolar tinglandi.
Yaqindan muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarining fikr-takliflarini bildirdi va har bir ko‘tarilgan masala belgilab olinib, tez fursatda ijobiy yechimini topish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.


.jpg)

