Taxiatosh tumanining oqova suv tizimini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda
163

Hurmatli Prezidentimizning topshirig‘i bilan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 486-sonli qarori asosida Jahon banki ishtirokida Taxiatosh tumanining oqova suv tizimini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha asosida Taxiatosh shahrida 77,4 km oqova suv tarmoqlari, 6 ta nasos stansiyasi quriladi va 4407 ta xonadon oqova suv xizmati bilan ta’minlanadi.
Natijada tumanda oqova suv bilan qamrab olish darajasi 13,1 foizdan 41,7 foizga yetkaziladi. Shuningdek, quvvati 15,2 ming m3/sutka bo‘lgan yangi oqova suv tozalash inshootini qurish rejalashtirilgan.



