«Yosh Vatandoshlar forumi» ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Ellikqal’a tumanida «Yosh vatandoshlar forumi»ning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov so‘zga chiqib, forum ochilishi munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Ana shunday imkoniyatlar natijasida yoshlarimiz orasidan yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitayotgan ko‘plab yoshlar yetishib chiqmoqda. Shu qatorda, bugun dunyo bo‘yicha turli sohalarda bilim olib, ishlab, yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar soni ortib bormoqda.
O‘tkazilgan forum ham ana shunday yurtdoshlarimizning yuksak natijalarini ko‘pchilikka namoyish etib, ularning bilim va tajribasini mamlakatimiz ravnaqiga yo‘naltiradigan muhim muhitlardan biri bo‘ldi.
Unda yurtimizga va dunyoga mashhur vatandoshlarimiz, umidli va ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan yoshlar ishtirok etdi.
Forum doirasida O‘zbekiston xalq shoirlari A.Oripov va Muhammad Yusuf haykali poyiga gul qo‘yish marosimi, Amir Temur va Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi va boshqa qator tadbirlar o‘tkazildi.

.jpg)


.jpg)



