Ellikqala tumanida “Xalq bilan birga” dasturi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari R. Nurazizov ishtirokida Ellikqala tumanida Ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur tadbir aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularga joyida amaliy yechim topishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Qabul jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga oid 100 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Ularning 50 dan ortig‘i joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Xususan, keksa fuqarolarga sanatoriy yo‘llanmalari berildi, nogironligi bo‘lgan shaxslar texnik vositalar bilan ta’minlandi. Kam ta’minlangan yoshlarning oliy ta’lim muassasalaridagi kontrakt to‘lovlarini qoplash, aholini bandlikka jalb etish uchun ustachilik jihozlari taqdim etish hamda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
.jpg)


.jpg)


.jpg)
