Nukus davlat texnika universiteti yoshlari xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi
253

Toshkent shahrida 30 ga yaqin turli musobaqa va tanlovlarni hamda 14 mingdan ziyod yoshlarni o‘zida jamlagan «Kelajak muhandislari» xalqaro festivali o‘tkazildi.
Unda Nukus davlat texnika universitetining talaba-yoshlaridan iborat jamoa Gumanoid robotlar yo‘nalishi bo‘yicha «OSIYO» innovatsion loyihasi bilan
1-o‘rinni egalladi.
Xalqaro hakamlar tomonidan yuqori baholangan jamoaga 20 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti va maxsus kubok topshirildi.
Shuningdek, universitet jamoasi Yangi avlod avtomobillari yo‘nalishi bo‘yicha ham faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, 50 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga loyiq deb topildi.