Nukus davlat texnika universiteti yoshlari xalqaro maydonga chiqmoqda

Nukus davlat texnika universiteti talabalari Toshkent shahrida o‘tkazilgan «Kelajak muhandislari» festivali doirasidagi «Uzbekistan FIRST Championship 2026» texnologik tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijaga erishdi.
Xususan, universitetning «Nukus Tech Robotics» jamoasi o‘zining noyob qobiliyatini namoyish etib, Xitoyda bo‘lib o‘tadigan «FIRST Tech Challenge China Championship 2026» musobaqasida ishtirok etish uchun rasmiy yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, tanlov robototexnika, dasturlash va muhandislik yo‘nalishlarini qamrab olgan bo‘lib, unda ishtirokchilar o‘zlari yaratgan robotlar orqali maxsus vazifalarni bajarish, innovatsion texnik yechimlar ishlab chiqish va jamiyatda ishlash ko‘nikmalarini namoyish etish uchun imkoniyat maydoniga aylandi. Ushbu musobaqa yoshlarning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.