5-yil ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma qachondan boshlanadi?

Hurmatli xotin-qizlar!
✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun quyidagi toifadagi xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilishi belgilangan:
- mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat staji bor, ammo oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar (qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun).
- ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar (qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun).
Hozirgi vaqtda mazkur xizmatlarni tizimda to‘liq va sifatli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnik sozlash hamda amaliyotga joriy etish ishlari yakunlanmoqda.
📌Shu munosabat bilan, tavsiyanoma olish uchun arizalarni qabul qilish muddatlari va tartibi yaqin kunlarda rasmiy kanallar orqali qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.