Qoraqalpog‘iston parasuzish tarixida yangi sahifa ochildi
211

Joriy yilning 1-3-may kunlari Fransiya davlatida sportning para suzish turi bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Shahnoza Yerejepbayeva barcha raqiblariga imkoniyat qoldirmadi. Shu asosda marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bu natija bilan Shahnoza Qoraqalpog‘iston para suzish tarixida yangi sahifa ochdi va dastlabki eng yuqori natijani qo‘lga kiritdi.