Tayinlov
249

Nurmuxammadov Fozilbek Yangiboy o‘g‘li - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yaylovlardan samarali foydalanishni tashkil etish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash va chorvachilikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
F.Nurmuhammadov bundan oldin O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida mas’uliyatli lavozimlarda, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kotibiyati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

