Bugun O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenovning tug‘ilgan kuni

U 1929-yil 7-may sanasida Kegeyli tumanining Sho‘rtanboy qishlog‘ida (hozirgi Nukus tumani hududida) dunyoga kelgan.
Uning birinchi povesti "Sekretar" degan nom bilan bosilib chiqadi. Eng dastlabki hikoya va ocherklari "Bloknot so‘zlaydi" to‘plamida bosilib chiqdi. Hozirgacha "Muallimga rahmat," "Sovuq tomchi," "Uyqusiz tunlar" qissalari, "Qoraqalpoq qizi," "Qoraqalpoq dostoni," "Ko‘zning qorachig‘i," "Qoraqalpoqnoma" asarlari, shuningdek mustaqillik davriga oid "U dunyoga otamga xatlar," "Qalbimning qomusi," "Turkiynoma" va yana boshqa asarlari hozirgi qoraqalpoq prozasining bundan keyingi rivojlanishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
1974-yili T.Qayipbergenovga "Qoraqalpoq xalq yozuvchisi" unvoni berildi. Bundan tashqari "Qashqariy" nomidagi xalqaro mukofotning laureati, "Hurmat belgisi" ordeni, qator medallar bilan taqdirlandi.
2003-yilda mustaqilligimizning 12-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenovga, "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni berildi.
To‘lepbergen Qayipbergenov qalblarimizda mangu yashaydi.