Chimboy tumani yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugungi kunda muntazam amalga oshirilayotgan "Har payshanba - Yoshlar kuni" tashabbusi yurtimizda yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi, samarali va manzilli tizimini shakllantirmoqda. Bu tashabbus yoshlarning nafaqat muammolarini tinglash, balki ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Mana shunday ezgu tadbirlar doirasida bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Chimboy tumanidagi bir qator ishsiz va otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ta’kidlanganidek, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘tkazilgan uchrashuvda bu borada yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida keng tarzda ta’kidlandi. Shu bilan birga, ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanib, turli yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida yoshlar faollik ko‘rsatib, o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, amalda uchrayotgan muammolar hamda ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslarni bevosita bildirdi. Xususan, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, kasb-hunar o‘rganish va ta’lim sohasiga oid masalalar ko‘tarildi.
Eng muhimi, har bir ko‘tarilgan masala Jo‘qorg‘i Kenges raisining shaxsiy nazoratiga olinib, soha mutasaddilariga ularni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Uchrashuv davomida sportning para suzish turi bo‘yicha Jahon chempioni bo‘lgan Shaxnoza Yerejepbayeva munosib rag‘batlantirildi.








