Urush qatnashchisi holidan xabar olinib, Prezident sovg‘asi topshirildi

Karnishina Mariya Ivanovna 1929-yilda Ukrainada tug‘ilgan. 1944-yili Armiya safiga chaqirilib, urushga otlangan. 1094-sonli Evakuatsiya harbiy qism gospitalida xizmat qilgan. Bu yerda jangda jarohat olgan jangchilarga tibbiy yordam ko‘rsatib, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev bugun oramizda umrguzaronlik qilayotgan urush qatnashchisi Mariya Ivanovnaning xonadonida bo‘ldi.
Faxriy 9-may - Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 81-yilligi bilan samimiy tabriklandi hamda unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, g‘alabaga hissa qo‘shgan qahramonlar, front ortida xizmat qilgan faxriylar, yurtimiz ravnaqi yo‘lida mehnat qilgan nuroniylarning ezgu ishlari doimo yodga olinib, ularga hurmat ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Prezidentimiz topshirig‘i asosida Mariya Ivanovnaga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti, shuningdek, Prezident sovg‘alari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi, Nukus shahri hokimligi va bir qator tashkilotlar nomidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

