Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘oniston Islom Amirligiga bordi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbayev boshchiligidagi mutasaddi rahbarlar va yurtimiz tadbirkorlaridan iborat Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi Prezidentimiz topshirig‘i asosida amaliy tashrif bilan Afg‘oniston Islom Amirligiga bordi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston-Afg‘oniston o‘rtasidagi aloqa mustahkamlanib borayotgani, shuningdek, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya loyihalari ustida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Qoraqalpog‘iston mahsulotlarini Afg‘onistonda sotishni yo‘lga qo‘yish va bu mintaqamiz uchun yangi bozor ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan so‘ng ikki tomon ishbilarmon doiralari o‘rtasida biznes-forum o‘tkazilib, unda qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, yaqin sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston va Afg‘oniston mintaqalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish kerakligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvlar davomida turli yo‘nalishlarni qamrab olgan umumiy qiymati
340 million dollardan ortiq 31 ta kelishuvga, shu jumladan 27 ta eksport, 4 ta investitsiya bitimiga erishildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, uchrashuvlarda yaqin sheriklik munosabatlarining mustahkamlanishi har ikki tomon uchun ham muhim, shu bilan birga, manfaatli bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

