Qallibek Kamalovning bir asrlik yubileyiga bag‘ishlandi

Bugun Nukus shahridagi «Oqqush» majmuasida «9-may - Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Qallibek Kamalovning bir asrlik yubileyiga bag‘ishlangan «Uch avlod uchrashuvi» va ilmiy-amaliy konferensiyasining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orınbaev, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, jamoat arboblari va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, xalqimiz uchun bugungidek turmush sharoitini ta’minlash borasida ko‘plab insonlar fidokorona xizmat qilib, o‘z hayotini bag‘ishlagan. Shunday insonlardan biri sifatida Qallibek Kamalovning fidokorona xizmatlarini ko‘p millatli xalqimiz chuqur anglaydi va yuksak qadrlaydi. U chuqur bilimi, mohir tashkilotchilik qobiliyati bilan yurtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan fidoyi insonlardan biri bo‘ldi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan el ardoqlagan nuroniymizning 100-yilligini keng nishonlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinib, bu bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi.
Bugungi o‘tkazilgan tadbir ham ana shu yo‘nalishdagi amaliy ishlardan biridir.
Tadbir davomida Q.Kamalovning yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, fidokorona xizmatlari keng e’tirof etildi. So‘zga chiqqanlar uning hayoti va mehnat yo‘li haqida ma’ruza qildi.
Bundan so‘ng marhumning xotirasiga dasturxon yozildi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)

