Xalqaro oila kuni keng nishonlandi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 15-may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan bayram tantanasi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni sana munosabati bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida oilaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish, uni ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, oilalarda o‘zaro hamjihatlik, tinchlik, totuvlik muhitini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Darhaqiqat, xalqimiz azaldan oilani Vatan ichidagi Vatan, jamiyatimizning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan muqaddas dargoh sifatida alohida qadrlab va e’zozlab kelgan. Chunki, barcha ezgu ishlar oiladan boshlanib, undan mahallaga va jamiyatga kirib boradi.
Tantanali bayram tadbirida shahar va tumanlarimizdagi mahallalarimizning namunali oila egalariga «Ibratli oila» ko‘krak nishonlari topshirildi. Shuningdek, «Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi» ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari munosib taqdirlandi.
Bundan so‘ng san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)