E’LON

Oliy ta’lim muassasalarini muvafaqqiyatli tamomlagan bilimli va lider yoshlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilishning birinchi bosqichi yakunlandi.
Birinchi bosqichning natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining www.tanlawjk.uz veb-sayti orqali bilishingiz mumkin.
Ikkinchi bosqich, joriy yilning 14-30-may kunlari oralig‘ida test sinovlari asosida o‘tkaziladi.
Birinchi bosqichdan o‘tgan nomzodlar quyidagi ilovada ko‘rsatilgan muddatlarda Boshqaruv samaradorligi agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida test sinovlarida ishtirok etishi mumkin.
(Manzil: Nukus shahri, G‘arezsizlik ko‘chasi 53 uy, mo‘ljal: Asaka bank)
Test sinovlari ertalab soat 09-00 dan 18-00 oralig‘ida o‘tkaziladi, ishtirokchilardan shaxsni tasdiqlvchi hujjat (pasport) talab etiladi.
Ma’lumot uchun telefon 61-222-74-77