“Qoraqalpoq jo‘xori gurtigi” taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiga xos bo‘lgan “Qoraqalpoq jo‘xori gurtigi” taomi geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Jo‘xori qoraqalpoqlar hayotida muhim xo‘jalik va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan an’anaviy ekinlardan biridir. “Qoraqalpoq jo‘xori gurtigi”ni tayyorlashda quyidagi asosiy masalliqlardan foydalaniladi: go‘sht (mol yoki tovuq go‘shti bo‘lishi mumkin), sabzi, kartoshka, piyoz, jo‘xori uni.
📌Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi “Qoraqalpoq jo‘xori gurtigi” taomining nomi va an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy himoya qiladi, sifat standartlarini mustahkamlaydi hamda Qoraqalpog‘istonning hududiy gastronomik brendini targ‘ib etish imkonini kengaytiradi.
❗️ Ma’lumot uchun: Geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini va uning o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obektidir.