Xo‘jayli tumanida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

"Payshanba - Yoshlar kuni" munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Xo‘jayli tumanida yoshlar bilan uchrashdi.
Dastlab Hurmatli Prezidentimizning "Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobidan Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
332-sonli qarori asosida Xo‘jayli tumanida tashkil etilayotgan Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazida bo‘lib, yoshlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Bundan so‘ng, "Yoshlar markazi"da amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha ochilgan to‘garaklar ko‘zdan kechirilib, yoshlar bilan yaqindan muloqot qilindi.
Shu bilan bir qatorda, Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari boks maktabi, axborot-kutubxona markazi, "Kingsman" xususiy maktab, mebel ishlab chiqarish "Raxat mebel" korxonasi, "Dr. Rustem" xususiy klinika va qoramol embrionlarini "In vitro" usulida tayyorlash laboratoriyasida bordi va barcha shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)